"Paxtakor" futbolchilariga "Rolex" soatlari sovg'a qilindi

Narzulla Saydullayev
17 fev 2020, 21:05
Bugun O'zbekiston chempioni "Paxtakor" klubi OCHL-2020 2-turi doirasida Eronning "Shahr Xodro" klubini 3:0 hisobida mag'lub etdi.

Ushbu g'alabadan keyin klub rahbariyati futbolchilarga "Rolex" kompaniyasi tomonidan "Paxtakor" logotipi tushirilgan va maxsus ishlab chiqarilgan soatlarni sovg'a qildi. Bu soatlar rahbariyat tomonidan o'tgan mavsumdagi trebl uchun vada qilingan edi.

Soatlarni "Rolex" kompaniyasi "Paxtakor" a'zolari uchun maxsus ishlab chiqargan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia