"Paxtakor" BO'SM-16dan ustun keldi

Aslanov Jasurbek
15 sen 2015, 10:46
Futbol maktablari o'rtasida Toshkent shahar chempionatida 2-bosqich 5-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Unda "Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchilari klubimizga qarashli maktab BO'SM-16ga qarshi maydonga tushdi. 2000 yilda tug'ilganlar bahsi keyinroqqa qoldirildi. Boshqa 4 yosh toifasining barchasida safarda o'ynagan yosh o'yinchilarimiz g'alaba qozonishdi.

2003 yil - 0:1

2002 yil - 1:4

2001 yil - 0:2

1998/99 yil - 0:3

6-turda "Paxtakor" "Bunyodkor-B" bilan kuch sinashsa, BO'SM-16 SMI mehmoni bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pakhtakor.uz