"Paxtakor": Asosiy tarkib bugun mashg'ulotga qaytadi

Narzulla Saydullayev
19 mar 2016
"Traktorsozi" bilan uchrashuvdan keyin 3 kun dam olgan futbolchilar bugundan yana mashg'ulotlarga qaytishadi.

Davron Hoshimov, Kamoliddin Tojiev, Stanislav Andreev, Javohir Sohibov, Jaloliddin Masharipov, Jamshid Iskanderov va Igor Sergeev milliy terma jamoa tarkibiga jalb qilingan. Qolgan futbolchilar esa bugungi mashg'ulotda ishtirok etishadi.
 
Yoshlar tarkibi ham tayyorgarlikni davom ettiradi. Ilhom Mo'minjonov shogirdlari kecha "Olmaliq" yoshlari bilan nazorat o'yini o'tkazishdi. Birinchi liga jamoasi esa 20 mart kuni O'zbekiston Kubogida "So'g'diyona"ga qarshi maydonga tushadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz