

Futbolchilar tatildan keyin jismoniy holatni tiklash ustida ish olib borishdi. "Chilonzor" stadionida kecha ikkiga bo'lingan holda o'yin tashkil etilib, futbolchilar holati tekshirib olindi. Yangi yil bayrami bilan bog'liq tanaffus 3 yanvargacha davom etadi. 3-14 yanvar kunlari Toshkentda mashg'ulotlar davom ettirilsa, 15-30 yanvarda BAAning Sharja amirligida dastlabki xorij yig'ini tashkil qilinadi.



