

Unda yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 12 jamoa ishtirok etdi. 2004 yilda tavallud topgan futbolchilar qatnashgan musobaqa finalida "Paxtakor" va "Bunyodkor" tarbiyalanuvchilari to'qnash kelishdi. O'yin 4:0 hisobida Olim Shokirov ustozlik qilayotgan "Paxtakor" g'alabasi bilan yakunlandi.
"Paxtakor"dan Muhriddin Fazliddinov eng yaxshi yarim himoyachi, Muhammadali Usmonov eng yaxshi futbolchi sifatida etirof etildi.



