Pavar yozda “Barselona”ga o'tishi mumkin

3 yanv 2019, 21:25
“Shtutgart” va Fransiya terma jamoasi himoyachisi Benjamin Pavar “Barselona”ga ko'chib o'tishi mumkin, deya xabar bermoqda jurnalist Janluka Di Marcioning sayti.

Kataloniya klubi futbolchining agenti bilan muzokaralar o'tkazishga ulgurdi. 22 yoshli futbolchi yozgi transfer oynasi vaqtida ko'k-anorranglilar safini to'ldirishi kutilmoqda.

Ilgariroq ushbu futbolchining xizmatlariga “Bavariya” va “Napoli” ham qiziqish bildirganligi haqida xabarlar chiqqandi.

Pavar 2016 yildan buyon “Shtutgart” sharafini himoya qilib kelmoqda. Ilgari futbolchi “Lill”da to'p tepgan. O'tgan yili yozda futbolchi Fransiyaterma jamoasi tarkibida jahon chempionligiga erishgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Жанлука Ди Марцио сайти