Parti jarohat oldi. U "Leyptsig"ga qarshi o'yinda maydonga tushmasligi mumkin

Alisher
21 iyul 2020, 18:47
Mushaklar bilan bog'liq jarohat sabab ganalik futbolchi 3 haftani o'tkazib yuboradi.

Chempionlar Ligasi 1/4 final doirasidagi "Leyptsig"ga qarshi o'yinda "Atletiko"ning muhim o'yinchilaridan biri Tomas Parti ishtirok etmasligi mumkin.

Tomas La Liganing so'nggi tur doirasidagi "Real Sosedad" (1:1)ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi va ikkinchi taymda o'zini almashtirishlarini so'radi. Tekshiruvlardan so'ng ma'lum bo'ldiki, Partining mushaklariga shikast etgan va endi o'yinchi 3 haftani o'tkazib yuboradi.

Tomas joriy mavsum "Atletiko" safida Yan Oblak va Saul Nigesdan so'ng eng ko'p maydonga tushgan futbolchi hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, "Atletiko" va "Leyptsig" jamoalari o'rtasidagi o'yin 13 avgustda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS