"Parma" sobiq murabbiyi D'Averso "Sampdoriya" ustoziga aylandi

Alisher
5 iyul 2021
"Sampdoriya" bosh murabbiylikka Roberto D'Aversoning tayinlanganini e'lon qildi.

45 yoshli mutaxassis Genuya klubi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.

D'Averso o'tgan mavsum A Seriyadan quyi divizionga ravona bo'lgan "Parma" klubini boshqargan edi.

"Sampdoriya" Italiya chempionatining o'tgan mavsumida 9-o'rinni egalladi, jamoaning sobiq stozi Klaudio Raneri esa shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi.


AlisherMuallif
Manba: sampdoria.it