"Parma" A Seriyada qoladi, ammo turnirni -5 ochko bilan boshlaydi

Aslanov Jasurbek
23 iyul 2018, 16:40
"Parma"ning kelishilgan uchrashuvlarda ishtirok etgani borasida sud ishi bo'lib o'tdi.

Eshituvdan so'ng kelasi mavsumda "Parma"ga A Seriyada qatnashish imkoniyati berildi, ammo jamoa turnirni -5 ochko bilan boshlaydi.

Eslatib o'tamiz, "Parma" A Seriyada o'ynay olmasligi mumkin edi. O'tgan mavsum oxirida futbolchilardan biri jamoa kelishilgan uchrashuvda qatnashgani haqida xabar yuborgan.

Xuddi shunday jazo moliyaviy hiyla ishlatishda ayblanayotgan "Kevo"ga qo'llaniladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia