Paredesning Fransiya chempionatidagi ilk golidan mahrum qilishdi

Mirjalol Normatov
16 dek 2019, 19:57
PSJ yakshanba tunida Liga 1 doirasida "Sent-Eten" jamoasini yirik 4:0 hisobida mag'lub etdi.

Uchrashuvdagi ilk gol qanotdan oshirib berilgan to'pga Leandro Paredesning ajoyib zarbasi orqali urilgandi. Biroq uchrashuv protokolida gol Neymar hisobiga yozilgan. Qayd etish kerak, zarbadan keyin to'p Neymarga tegib ketdi.

Shu orqali, Paredesning hisobida gol qolmadi. Argentinalik futbolchi PSJ tarkibida 35 o'yinda atigi 2 bora gollarga hammualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal