Paredes - "Inter"ning bosh transfer maqsadi

Alisher
9 yanv 2021
"Inter" PSJ xavbeki Leandro Paredes bilan qishki transferlar oynasida shartnoma imzolamoqchi.

Milan klubi o'yinchi bilan shartnoma imzolash uchun "Inter"da bir mavsum davomida o'ynagan daniyalik xavbek Kristian Eriksenni sotishiga to'g'ri keladi.

Xabarlarga ko'ra, PSJ oldinroq "Inter"ning Kristian Eriksenni almashtirish borasidagi taklifni rad etgan.

Eslatib o'tamiz, Paredes 2019 yilning yanvaridan beri PSJda o'ynaydi. Argentinalik futbolchi joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: gazzetta.it