Palermo London kompaniyasiga sotib yuborildi

Aslanov Jasurbek
1 dek 2018
"Palermo"ning yangi egasi paydo bo'ldi.

Mauricio Zamparini klubning 100% akciyalarini London kompaniyasiga sotib yubordi. London kompaniyasi vakillari va Italiya klubi rahbariyati o'rtasidagi uchrashuv kelasi haftada bo'lib o'tadi.

Zamparini 2002 yildan beri (16 yil) "Palermo" egasi hisoblanardi. Ayni jamja klub B Seriyada ishtirok etadi. "Palermo" 13 turdan so'ng turnir jadvalida 26 ochko bilan 1-o'rinni egallab turibdi.

"Palermo" Zamparini davrida 2 marta B Seriya chempioni bo'lgan va Italiya Kubogi finaligacha yetib borgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia