Ozil jarohat oldi va bir necha haftani o'tkazib yuboradi

Aziz Tukhtamuradov
12 mar 2014, 09:28
Londonning "Arsenal" jamoasi yarim himoyachisi Mesut Ozil Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida jarohat oldi.

O'yin 1:1 hisobida yakunlandi. Germaniyalik futbolchi esa tanaffus vaqtida Tomash Rosicki bilan almashtirildi. O'yindan so'ng Arsen Venger Ozilni jarohati sababli almashtirganligini aytib o'tdi.

“Ozil jarohat oldi, u endi bir necha hafta maydonga tusha olmasa kerak. Umid qilamanki, u tezroq tuzalib safimizga qaytadi”, - deb aytib o'tdi fransiyalik murabbiy.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.com