Ozil: "Vengerning so'zlari - men uchun katta sharaf"

Aslanov Jasurbek
31 okt 2015, 13:14
"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut Ozil jamoa bosh murabbiyi Arsen Venger so'zlariga izoh berdi.

Fransiyalik mutaxassis Ozil haqida quyidagi so'zlarni aytgan edi:

"To'g'risini aytsam, Ozil - dunyo darajasidagi futbolchi. U haqida gapirishdan oldin, yana bir bor Mesutning o'yinidan rohat olmoqchiman. Agar futbolni sevsangiz, Ozilni yoqtirib qolishingiz aniq. Mesutda pas oshirish qobiliyati, ajoyib futbol bilimi va jamoa uchun o'ynash xohishi bor. Ushbu jihatlar uni juda foydali futbolchiga aylantiradi".

"U futbolni yaxshi biladi! Bu men uchun katta sharaf. Bu yerda o'sishda davom etmoqchiman va menga murabbiy ishonadi. Maqsadim - jamoaga yordam berish" - deydi Ozil.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FourFourTwo