O'zil Ramos haqida: “Himoyaviy jihatdan dunyoning eng yaxshi hujumchisi”

Eldor Akmurzayev
4 noya 2020, 20:05
YCHL 3-turi doirasida o'tgan “Real” – “Inter” (3:2) uchrashuvidan so'ng, Mesut O'zil sobiq jamoadoshi Serxio Ramosni madridliklar libosida yubiley 100 golini urganiga munosabat bildirdi.

“Inter” ishtirokida ajoyib o'yin, ammo Ramos (himoyaviy jihatdan dunyoning eng yaxshi hujumchisi) va Benzema (muntazam gol uruvchi) yana o'zlarini ko'rsatishdi”, deya tvit qoldirgan xavbek o'z sahifasiga.

Eslatib o'tamiz, “Inter”ga qarshi bahsda hisobni Karim Benzema ochgan, keyin esa Ramos burchakdan uzatilgan to'pni boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo'ygandi. G'alaba golini esa zaxiradan o'yinga qo'shilgan Rodrigo urgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/MesutOzil1088