Ozil "Barselona"da haftasiga 370 ming evro ishlab topmoqchi

Aslanov Jasurbek
23 noya 2017, 16:13
"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut Ozil agar "Barselona"ga o'tsa, Kataloniya klubida haftasiga 370 ming evro ishlab topmoqchi.

Oldinroq, "Barselona" 2010-2013 yillarda "Real" sharafini himoya qilgan 29 yoshli futbolchi xizmatlariga qiziqish bildirayotgani e'lon qilingandi.

Ozil katta maoshdan tashqari ko'k-anorranglilar bilan tuzgan shartnomasi uchun yirik bonus olish niyatida. Ma'lumotlarga ko'ra, bu "Barselona" uchun katta muammo emas.

Nemis futbolchisining "Arsenal" bilan shartnomasi 2018 yilning yozigacha amal qiladi, tomonlar esa uni uzaytirish borasida kelisha olishmayapti. "Barselona" rahbariyati futbolchining transfer narxini bilish uchun "Arsenal" bilan bog'landi. Ozil 20 mln. evroga baholanmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS