O'zil "Arsenal"dan ketadi

Mirjalol Normatov
29 sen 2019, 12:43
Qishki transferlar oynasi vaqtida Mesut O'zil "Arsenal"ni tark etishi mumkin.

"Sportsmole" xabariga ko'ra, "kanonirlar" germaniyalik futbolchi borasidagi istalgan taklifni ko'rib chiqishga tayyor. Futbolchining o'zi ham "Arsenal"da o'ynashni istamayapti va shu boisdan klubdan ketishga qarshi emas. Yozda u MLSga ketishga juda yaqin kelgandi. Biroq tomonlar transfer narxini kelisha olishmagandi.

Oldinroq uning xizmatlariga Germaniya va Italiya klublari qiziqish bildirayotgani borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sportsmole