Ozil "Arsenal"dan 8 mln funt qabul qilib oldi

Mirjalol Normatov
12 okt 2020, 22:17
"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut Ozil sentyabr oyi yakunlarida klubdan sovg'a qabul qilib oldi.

"The Athletic" xabariga ko'ra, klub unga sadoqati uchun 8 mln funt to'lab bergan. Bu uning 2018 yili tuzilgan shartnomasida ko'rsatilgandi.

31 yoshli futbolchi "Arsenal"da haftasiga 350 ming funt maosh oladi va u jamoada eng ko'p maosh oluvchi hisoblanadi.

Ushbu mavsumda Ozil APLning birorta o'yinida maydonga tushmadi va undan tashqari, Yevropa ligasi qaydnomasiga kiritilmadi.

Oldinroq "Arsenal" Ozil bilan shartnomani bekor qilishga tayyorlanayotgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic