O'zbekistonlik mutaxassis Klublar o'rtasidagi JCH yarim final uchrashuvida faoliyat olib boradi

Alisher
6 fev 2021, 16:23
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Qatarda Klublar o'rtasidagi jahon chempionati musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Ushbu nufuzli turnirda o'zbekistonlik FIFA instruktori Farhod Abdullaev ham faoliyat olib bormoqda.

Ertaga yarim final doirasida bo'lib o'tadigan Palmeyras (Braziliya) - Tigres (Meksika) o'yiniga hamyurtimiz hakamlar nazoratchisi etib tayinlandi.

Bunga qadar, Farhod Abdullaev ushbu turnirning ochilish o'yini, yani Tigres (Meksika) va "Ulsan Hyunday" (Janubiy Koreya) bahsida ishlagan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ufa.uz