O'zbekistonlik bolalar Moskvadagi musobaqa yo'llanmasi uchun kurashishadi

Aslanov Jasurbek
3 mar 2018, 11:36
O'zbekiston, Qirg'iziston va qozog'istonlik bolalar Moskvada bo'lib o'tadigan "Lokobol-2018 RTY" turniri final bosqichida ishtirok etish uchun kurashishadi.

Bu haqda Sportinfo.kz sayti xabar bermoqda. Rossiya poytaxtida o'tkaziladigan turnir uchun 3 mamlakat shaharlarida (O'zbekiston - Toshkent, Qirg'iziston - Kante, Qozog'iston - Pavlodar) saralash turnirlari o'tkaziladi. Bu shaharlarda o'tkazilgan 3ta musobaqa g'oliblari Novosibirskda yana bir saralash o'yinlarida qatnashishadi va ushbu uch jamoaning faqat bittasi Moskvada bo'ladigan turnirning final bosqichiga yo'l oladi.

2007 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasidagi Toshkent saralash bosqichi 28 aprel-2 may kunlari o'tkaziladi. Ushbu turnir "Bunyodkor" akademiyasi bazasida, TFF (Toshkent futbol federatsiyasi) ko'magida tashkil etiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sportinfo.kz