O'zbekistonlik bokschining promouteri bo'lgan afsonaviy Don King haqida nimalarni bilamiz?

Aziz Tukhtamuradov
1 avg 2019, 20:30
Shubhasiz, o'tgan asrning eng kuchli va qudratli promouteri bu - Don King!

Bugun boks promouterlarining "qiroli" haqidagi qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lasiz.

Bolalik yillari

Donald (Don) King - 1931 yil 20 avgust kuni Ogayo shtatining Klivlend shahrida tug'ilgan. Donning ota-onasi Klarensa va Xetti King bo'lgan. Kingning otasi 10 yoshida baxtsiz hodisa tufayli vafot etadi. Boquvchisiz qolgan oila ro'zg'orini onasi ijtimoiy himoyalar yordamida tebratadi. Don King barcha kambag'al bolalar singari boy va hech nimaga muhtoj bo'lmasdan yashashni orzu qiladi. Orzuni ro'yobga chiqarish maqsadida yuridik soha bo'yicha o'qishni boshlaydi. 

"Qirollardek yashash miyamdan bir soniyaga chiqmagan. Yoshligim nochorlikda o'tdi. Hashamatli restoranlar, qimmat buyumlar, go'zal qizlarni ko'rganimda, ularning hammasi meniki bo'lishi kerakligini o'ylar edim", - deb eslaydi yoshligini Don.

Don King to'g'ri yo'l bilan ko'p pul topish qiyin ekanligini tezda anglaydi. Shu boisdan bo'lsa kerak...


Xabarning to'liq qismi quyidagi sahifada > > > O'zbekistonlik bokschining promouteri bo'lgan afsonaviy Don King haqida nimalarni bilamiz?

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olamsport.com