O'zbekistonlik ayol hakamlar CAFA turnirida ish olib bormoqda

Omonjon To`xtamirzayev
11 fev 2025
Xabaringiz bor, Tojikistonning Dushanbe shahrida futzal bo'yicha ayollar o'rtasidagi CAFA turniri bo'lib o'tmoqda.

Ushbu musobaqada nafaqat terma jamoamiz, balki o'zbekistonlik hakamlar Edita Mirabidova va Nasibabonu Toshmuhammedova ham ishtirok etmoqda. Hakamlarimiz o'yinlarni boshqarib bormoqda.

Shuningdek, yana bir hamyurtimiz CAFA vakili Adelya Kuramaeva ham musobaqada ish olib bormoqda.     

Ma'lumot uchun, musobaqaning oxirgi bellashuvlari 16 fevral kuni bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, ikki uchrashuvdan keyin O'zbekiston terma jamoasi 3-o'rinni egallab turibdi va yetakchi Qirg'iz Respublikasi termasidan 1 ochkoga ortda qolmoqda. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: UzFHM