O'zbekistonda o'tadigan ayollar o'rtasidagi U-20 Osiyo kubogiga qur'a tashlandi

Narzulla Saydullayev
15 dek 2023, 12:25
2024 yilning 3-16 mart kunlari O'zbekistonda ayollar o'rtasidagi U-20 Osiyo kubogi musobaqasi bo'lib o'tadi.

Biroz avval ushbu musobaqaga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Unga ko'ra, O'zbekiston ayollar terma jamoasi "A" guruhida Koreya Respublikasi, Avstraliya va Xitoy Taypei bilan kuch sinashadigan bo'ldi.

"B" kvartetidan Yaponiya, KXDR, Xitoy va Vetnam terma jamoalari joy olishdi.

Ma'lumot uchun, Osiyo kubogida yarim finalga chiqqan 4 terma jamoasi 2024 yil Kolumbiyada bo'lib o'tadigan ayollar o'rtasidagi U-20 Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia