O'zbekiston yoshlar (U-22) terma jamoasi bugun Dubayda mashg'ulot o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
7 yanv 2014, 17:13
Shuxrat Maqsudov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar (U-22) terma jamoasining BAAdagi yig'ini davom etmoqda.
Kecha yoshlarimiz BAA 1-ligasi vakili "Hatta" klubi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazib, 1:0 hisobida zafar quchishgandi.

Jamoamiz bugun Dubayda mashg'ulot o'tkazadi. Mashg'ulot mahalliy vaqt bilan 18:00da (Toshkentda 19:00) boshlanadi.

Maqsudov shogirdlari BAA FFga tegishli ikkita maydondan birida shug'ullanishadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia