O'zbekiston Xitoyni ikkinchi bor irodali tarzda mag'lub etdi

Sherzod Nurmatov
17 okt 2023, 15:08
O'zbekiston milliy terma jamoasi kecha o'z tarixida 9-marta irodali g'alabaga erishdi.

Irodali g'alaba deganda o'yin davomida vakillarimiz hisobda ortda borib, yakunda g'alaba qozonishgan bahs tushuniladi. 

Demak 9 ta irodali g'alabaning 5 tasi Toshkentda qo'lga kiritilgan. Ikkitasi neytral maydonlardagi raqiblar ustidan qo'lga kiritilgan. 

Terma jamoamiz safarda faqat bitta raqib ustidan irodali g'alabani tantana qilgan – Xitoy. 2013 yil Xuxxot shahrida o'tgan o'rtoqlik o'yinidan so'ng kecha Dalyan shahrida Xitoy terma jamoasi o'z muxlislari qarshisida g'alaba qozonib turib, yakunda mag'lub bo'ldi. 

O'zbekiston milliy terma jamoasining barcha irodali g'alabalari: 

1. O'zbekiston - Hindiston 3:2  (Osiyo kubogi-2000, Livan)

2. O'zbekiston - Kuvayt 3:2 (JCH-2006 saralashi, Toshkent)

3. Xitoy - O'zbekiston 1:2 (O'rtoqlik o'yini, Xitoy)

4. O'zbekiston - Qatar 5:1 (JCH-2014 saralashi, Toshkent)

5. O'zbekiston - Iordaniya 2:1 (O'rtoqlik o'yini, Dubay)

6. O'zbekiston - KXDR 3:1 (JCH-2018 saralashi, Toshkent)

7. O'zbekiston - Qirg'iz Respublikasi 3:1 (O'rtoqlik o'yini, Toshkent)

8. O'zbekiston - Tojikiston 5:1 (CAFA NATIONS CUP-2023, Toshkent)

9. Xitoy - O'zbekiston 1:2 (O'rtoqlik o'yini, Xitoy)

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia