
24 aprel kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida futzal bo'yicha UEFA Kubogi yarim final o'yinlari bo'lib o'tadi. Yarim finalning ilk o'yinida, UEFA Kubogining amaldagi chempioni – Qozog'istonning Qayrat klubi Moskvaning Dinamo klubiga qarshi bahs olib borsa, ikkinchi juftlikda Bokuning Araz klubi Ispaniyaning Barselona klubiga qarshi o'ynaydi.
Ozarbayjon Futbol Federatsiyalari Uyushmasi taklifiga ko'ra, mazkur bahslarni kuzatish uchun, O'zbekiston Futzal Uyushmasi birinchi vice-prezidenti Muxtor Xoshimov va O'FF bolalar, o'smirlar va ommaviy futbol Boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Avaz Maqsumovlar 23 aprel kuni Ozarbayjon poytaxtiga uchib ketishdi.