O'zbekiston U-23 terma jamoasi bilan Osiyo Kubogida qatnashgan qaysi futbolchilar Olimpiadaga bormaydi?

Sherzod Nurmatov
3 iyul 2024, 19:30
Timur Kapadze boshchiligidagi murabbiylar shtabi Olimpiada uchun 23 kishilik ro'yxatni ma'lum qildi.

Avvalroq tarkibdan BAAning "Al Vahda" klubi a'zosi Hojimat Erkinov o'rin olmagani haqida xabar bergandik. 

Qaydnomada Erkinovdan tashqari Qatardagi Osiyo Kubogida 2-o'rinni olgan terma jamoa vakillaridan "Bunyodkor" himoyachisi Mahmud Mahamadjonov, "Olimpik" hujumchisi Otabek Jo'raqo'ziev va "Surxon" vakili Ulug'bek Hoshimov yo'q.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Olimpiada "C" guruhida Ispaniya, Misr hamda Dominikan Respublikasi termalariga qarshi o'ynaydi.

Ispaniya – O'zbekiston

24 iyul, Parij 

O'zbekiston - Misr

27 iyul, Nant

Dominikan Respublikasi – O'zbekiston

30 iyul, Parij

O'zbekiston U-23 terma jamoasining Olimpiadada ishtirok etadigan tarkibi e'lon qilindi!

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia