"Eshitdik-da"ning insaydi tasdiqlandi. Hojimat Erkinov Olimpiada uchun qaydnomadan o'rin olmadi

Sherzod Nurmatov
3 iyul 2024, 18:42
Sal avval O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati Olimpiada uchun qaydnomasini ma'lum qildi.

E'tiborlisi, 23 nafar futbolchidan iborat ro'yxatdan BAAning "Al Vahda" klubi a'zosi Hojimat Erkinov tushib qoldi.

Avvalroq Championat.asia sayti OTJ tarkibidagi legionerlardan biri Hojimat Erkinovning Olimpiadada ishtirok etmasligi haqida birinchilardan bo'lib xabar bergandi. Shundan so'ng Erkinovning o'zi bu xabarga munosabat bildirarkan, klub unga ruxsat berganini va Olimpiadaga tayyorgarlik ko'rayotganini ma'lum qilgandi.

O'zbekiston U-23 terma jamoasining Olimpiadada ishtirok etadigan tarkibi e'lon qilindi!


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia