O'zbekiston U-20 terma jamoasi Qatarda yig'in olib boradi

Sherzod Nurmatov
16 dek 2024, 11:24
U-20 Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi dekabr-yanvar oylarida Qatarda yig'in o'tkazadi.

Farhod Nishonov boshqaruvidagi jamoa yig'in doirasida Saudiya Arabistoni U-20 terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. 

Saudiya Arabistoni – O'zbekiston

29 dekabr, 3 yanvar

Doha. Qatar

U-20 Osiyo Kubogi 2025 yil 12 fevraldan 1 martga qadar Xitoy mezbonligi ostida o'tadi. O'zbekiston "C" guruhida Eron, Indoneziya va Yaman termalari bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати