O'zbekiston U-19 terma jamoasi Toshkent yig'inini 18 nafar futbolchi bilan boshladi

Narzulla Saydullayev
3 iyul 2014, 17:43
O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi 2 iyun kuni Toshkentda o'zining navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlagani haqida ma'lumot bergan edik.
O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov mazkur yig'inga jami 18 nafar futbolchini jalb etgan. Eslatib o'tamiz, 1995 va undan keyingi yillarda tug'ilgan O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Toshkentda to'rt kun davomida mashg'ulot olib boradi va 6 iyul kuni Vengriyaga uchib ketadi.

Vengriyada 12 iyul kuniga qadar yig'in o'tkazadigan Ravshan Haydarov shogirdlari 8 va 11 iyul kunlari Vengiya U-19 yoshlar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi. Ikkala o'yin ham Budapeshtdagi Global Sport majmuasida bo'lib o'tadi.

Ma'lumot uchun, 21 iyun kuni O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi murabbiylar shtabida o'zgarish yuz bergan va unga ko'ra Ravshan Haydarov O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan edi.

Eslatib o'tamiz, 1995 va undan keyingi yillarda tug'ilan O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi shu yilning oktyabr oyida Myanmada bo'lib o'tadigan Osiyo Chempionati final bosqichida ishtirok etadi.

O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasining Toshkentdagi yig'iniga jalb etilgan futbolchilari ro'yxati:

#

Futbolchi

Tug'ilgan yili

Klub

Darvozabonlar

1

Dilshod Hamroev

1995

Qizilqum

2

Sarvar Karimov

1996

Lokomotiv

Himoyachilar

3

Akrom Komilov

1996

Bunyodkor

4

Odil Hamrobekov

1996

Nasaf

5

Ibrohim Abdullaev

1996

Paxtakor

6

Rustam Ashurmatov

1996

Qo'qon-1912

7

Doston Tursunov

1995

Neftchi

8

Firdavs Abdusalimov

1995

Dinamo

Yarim Himoyachilar

9

Javohir Sohibov

1996

Paxtakor

10

Jamshid Boltaboev

1996

Paxtakor

11

Mirjamol Qosimov

1995

Bunyodkor

12

Sardor Azimov

1995

Bunyodkor

13

Javohir Siddiqov

1996

Paxtakor

14

Izzat Abdullaev

1996

Paxtakor

Hujumchilar

15
 

Doston Hamdamov

1996

Bunyodkor

16

Zabihillo O'rinboev

1995

Bunyodkor

17

Eldor Shomurodov

1995

Mashal

18

Asliddin Abdiev

1995

Mashal



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com