

Ana shu musobaqaga tayyorgarlik ko'rish maqsadida terma jamoa a'zolari kecha 10 fevral kunidan yig'inga kirishishdi. Yig'in Namangan shahrida o'tkazilmoqda.
Yig'ini davomida asosiy e'tibor futbolchi qizlarning jismoniy tayyorgarligini yaxshilashga qaratiladi. Karima Yo'ldosheva shogirdlari maydondagi mashg'ulotlardan tashqari, trenajyor zalida ham mashqlar olib borishadi. Shuningdek, yig'in davomida nazorat uchrashuvlari o'tkazish ham rejalashtirilgan.
Terma jamoa bosh murabbiyi Karima Yo'ldosheva mazkur yig'inga O'zbekiston U-16 terma jamoasi a'zosi bo'lgan Marina Kosnikova, Oysara Suyunova, Durdona Alieva va Angelina Polyushkevich kabi bir qator futbolchilarni taklif qilgan. Maqsad kelajakda O'zbekiston U-19 terma jamoasi asosini tashkil qiladigan yosh futbolchi qizlarni hozirdan tayyorlab borish.
Namangandagi o'quv-mashg'ulot yig'ini 19 fevralga qadar davom etadi.




