O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Iordaniya bilan durang o'ynadi

Tolibjon Qosimov
15 sen 2018, 13:24
O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Shri-Lankada bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatining dastlabki saralash bosqichida guruhning dastlabki bahsini Iordaniyaga qarshi o'tkazishi haqida xabar bergan edik.

Kolombodagi "Markaziy" stadionida o'tkazilgan bahs nihoyasiga etdi. Ushbu bahsda Ilhom Xanjariev shogirdlari Iordaniya bilan murosa ko'chasini tanlashdi. 0-0 hisobidagi durangdan so'ng ikkala terma jamoa 1 ochkodan bo'lishib olishdi.

O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi keyingi bahsini 19 sentyabr kuni Guam U-16 ayollar terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz