O'zbekiston termasida Srechko Katanets qo'l ostida ilk marta shunday holat kuzatildi

Mirjalol Normatov
6 sen 2024, 00:22
O'zbekiston termasi 5 sentyabr kuni JCH-2026 saralashi doirasida KXDR termasini kichik 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Shu orqali 3-bosqichni 3 ochko bilan boshlagan termamiz Srechko Katanets qo'l ostida ilk marta rasmiy o'yinda 1:0 hisobidagi g'alaba kuzatildi. Bungacha g'alaba qozonilgan rasmiy o'yinlarda termamiz asosan ikki to'p farqi bilan raqibdan ustun bo'lib kelgan yoki termamiz bittadan ko'proq gol urib kelgan.

Ma'lumot uchun, Katanets qo'l ostida ikki marta - Boliviya hamda Falastin termalari bilan o'rtoqlik o'yinlarida aynan 1:0 hisobi qayd etilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia