

Terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanets salomatligi yomonlashgani sababli shifokorlar tavsiyasiga ko'ra ushbu yig'inda qatnasha olmayotgani haqida ma'lumot berilgan edi.
O'zbekiston terma jamoasining ertangi mashg'uloti Katanets nazorati ostida o'tadigan bo'ldi. Gap shundaki, mutaxassis mashg'ulotni onlayn internet orqali kuzatib boradi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - BAA uchrashuvi 15 oktyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tadi.



