

O'zbekiston terma jamoasi va "Patum Yunayted" klubi a'zosi Igor Sergeev Qatarda yana bir oy qolishi ma'lum bo'ldi. Avstraliyaga qarshi kechgan uchrashuvda jarohat olgan futbolchimiz Igor Sergeev operaciyadan keyingi tiklanish jarayoni uchun yana bir oy Qatarning Doha shahrida qolishi ma'lum bo'ldi.
Eslatib o'tamiz Igor Sergeev bir hafta avval Dohadagi mashhur "Aspetar" shifoxonasida AQSHlik taniqli jarroh Zikria Bashir tomonidan muvaffaqiyatli operaciya qilingan edi. Shifokorlarning ma'lum qilishicha, Igor maydonga qaytishi uchun 8 oy muddat talab qilinadi.




