O'zbekiston terma jamoasi bugungi mashg'ulotni "Yoshlik"da o'tkazdi

Tolibjon Qosimov
8 yanv 2016, 19:06
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentdagi yig'inni davom ettirmoqda.

Xose Mariya Mendez shogirdlari bugungi mashg'ulotni "Yoshlik" sport markazida o'tkazishdi. Bugungi mashg'ulotda barcha futzalchilar qatnashishdi, jarohat olganlar yo'q.
Murabbiylar mashg'ulotda og'ir jismoniy mashqlardan foydalanishmayapti, aksincha engil mashqlar, o'yin payti yuzaga keladigan vaziyatlardan foydalanish ustida ishlandi.

Yig'inga chaqirilgan 17 nafar futzalchini yana bir bor keltirib o'tamiz.

#

Ismi

Familiyasi

Jamoasi

1

Rustam

Umarov

“Olmaliq”

2

Klim

Tyugaev

“Olmaliq”

3

Akmal

Xazratqulov

“Do'stlik-AIN”

4

Feruz

Faxriddinov

“Do'stlik-AIN”

5

Konstantin

Sviridov

“Olmaliq”

6

Javlon

Anorov

“Olmaliq”

7

Sunnat

Kuralov

“Olmaliq”

8

Andrey

Shlema

“Olmaliq”

9

Jamoliddin  

Sharipov

“Olmaliq”

10

Farhod

Abdumavlonov  

“Ardus”

11

Dilshod

Rahmatov

“Ardus”

12

Davron

Choriev

“Ardus”

13

Dilshod

Irsaliev

“Ardus”

14

Nodir

Eliboev

“Ardus”

15

Ilhom

Hamroev

“Ardus”

16  

Artur

Yunusov

“Ardus”

17

Shuhrat  

Tojiboev

“Gansu Masrey” 


Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi 2016 yilning 10 - 21 fevral kunlari bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida "A" guruhidan o'rin olgan. Guruhda Xose Mariya Mendez jamoasi Qirg'iziston, Livan hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi kurash olib boradi.

Ta'kidlab o'tish kerakki, Toshkentda bo'lib o'tadigan ushbu musobaqada eng yuqori 5 o'rinni egallagan terma jamoalar 2016 yilning 10 sentyabridan 1 oktyabrigacha Kolumbiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz