O'zbekiston terma jamoasi bugun sun'iy maydonda mashg'ulot o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
31 avg 2019
Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda yig'inni davom ettirmoqda.

Falastin bilan o'yin sun'iy maydonda bo'lib o'tishidan xabaringiz bor. Shu bois o'yinga tayyorgarlik doirasida Kuper bazi mashg'ulotlarni sun'iy maydonda o'tkazmoqda. Bugun terma jamoamiz a'zolari "Chig'atoy"dagi maydonda shug'ullanishdi.  

Odil Ahmedov, Eldor Shomurodov va Ikrom Aliboev erta-indin terma jamoa ixtiyoriga yetib kelishadi.


Yig'inga chaqirilgan futbolchilar:

Darvozabonlar:
Sanjar Quvvatov (“Paxtakor”), Eldor Suyunov (“Paxtakor”), Botirali Ergashev (“Dinamo”).

Himoyachilar: Egor Krimec (“Paxtakor”), Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”), Doston Tursunov (“Renofa Yamaguchi” – Yaponiya), Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”), Farrux Sayfiev (“Paxtakor”), Davron Xoshimov (“Lokomotiv”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Sharof Muhitdinov ("Nasaf").

Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov (“Paxtakor”), Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG” - Xitoy), Ikrom Aliboev (“Seul FK” – Janubiy Koreya), Aziz G'aniev (“Nasaf”), Oston O'runov (“Lokomotiv”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Sanjar Shoahmedov (“Terengganu” - Malayziya), Doston Ibragimov (“Qizilqum”), Quvondiq Ro'ziev (“Qo'qon-1912”), Doston Hamdamov (“Paxtakor”).

Hujumchilar: Eldor Shomurodov (“Rostov” – Rossiya), Igor Sergeev (“Paxtakor”), Temurxo'ja Abduxoliqov (“Lokomotiv”).





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia