

Mazkur bahsda O'zbekiston terma jamoasi safida markaziy himoyachi Umar Eshmurodov maydonga tusha olmaydi. Sababi Eshmurodov noyabr oyida KXDRga qarshi o'tgan bahsda qizil kartochka olgandi. Shu bois Timur Kapadze uning xizmatlaridan foydalana olmaydi.

O'zbekiston terma jamoasining bir yo'la 6 futbolchisida 1 tadan sariq kartochka bor. Navbatdagi ogohlantirish ularni bitta o'yinga diskvalifikaciya qilinishiga sabab bo'ladi:
Farruh Sayfiev
Odil Hamrobekov
Eldor Shomurodov
Sherzod Nasrullaev
Jaloliddin Masharipov
Bobir Abdixoliqov.



