O'zbekiston OTJ tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Abror Ismoilov va Bobur Asqarovlar mashg'ulotlarga qo'shilishdi

Aslanov Jasurbek
29 avg 2019, 18:54
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkentdagi yig'inni davom ettirmoqda.

Serbiyalik murabbiy Lyubinko Drulovich qo'l ostidagi terma jamoamiz bugun ham TTYMI stadionida mashg'ulot o'tkazdi. "Surxon"ning o'yini tufayli kecha mashg'ulotlarga qo'shila olmagan Surxondaryo klubi futbolchisi Abror Ismoilov va "Paxtakor" a'zosi Bobur Asqarovlar bugun jamoaga qo'shilishdi. Hozircha tiklanish jarayonida bo'lgan Ismoilov bugun faqat yugurish mashqlarini bajardi.

Bundan tashqari, Islom Rashidxonov bugun ham individual tarzda shug'ullandi.




Bobur Asqarov (orqa fonda o'rtadagi futbolchi)









O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia