O'zbekiston olimpiya terma jamoasi BAAda ilk mashg'ulotini o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
11 noya 2019
Yanvar oyida Tailand yashil maydonlarida bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionati final bosqichiga tayyorgarlik olib borayotgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi har oy yig'in tashkil etib, xalqaro o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushmoqda.

Bir hafta davomida Toshkentda yig'in o'tkazgan Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bugundan mashg'ulotlarni BAAda davom ettiradi.

Kunning birinchi yarmida Dubayga yetib kelgan olimpiyachilarimiz “Time Grand” mehmonxonasiga joylashdi. Tushdan so'ng esa BAA futbol assotsiatsiyasi maydonida ilk mashg'ulot o'tkazildi.

Qayd etish joiz, olimpiyachilarimiz BAA yig'ini doirasida “Dubay xalqaro do'stlik musobaqasi”da ishtirok etadi. 13-19 noyabr kunlari davomida qitamizning 8 ta – BAA, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Suriya, Janubiy Koreya, Iroq, Iordaniya hamda O'zbekiston olimpiya terma jamoalari mazkur musobaqada g'oliblik uchun bahs olib borishadi.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ilk uchrashuvini 13 noyabr kuni Iroq olimpiya termasiga qarshi o'tkazadi.

Quyida terma jamoamizning bugungi mashg'ulotidan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin:




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz