O'zbekiston MTJning ikki futbolchisi Maliga qarshi o'rtoqlik o'yinida Olimpiya terma jamoasiga yordam beradi

Оқил Абдубарноев
6 iyun 2024, 23:29
Murabbiylar shtabi bunga ruxsat berishgan.

O'zbekiston milliy terma jamoasi yig'inida qatnashayotgan Abdurauf Bo'riev hamda Muhammadqodir Hamraliev murabbiylar shtabi ruxsati bilan U-23 jamoasining Maliga qarshi dastlabki o'yinida yordam berish uchun Olimpiyachilar safiga qo'shiladi.

Bugun asosiy jamoa 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Turkmanistonga qarshi o'yin o'tkazdi (3:1), ammo ikki yosh futbolchiga imkon berilmadi.

Maliga qarshi uchrashuv ertaga "Bunyodkor" stadionida soat 19:00 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ЎФА