O'zbekiston MTJ "Jar" stadionida mashg'ulot o'tkazdi + Eldor Shomurodov bilan intervyu

Narzulla Saydullayev
23 mar 2021
23 mart kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi "Jar" stadionida mashg'ulot o'tkazdi.

Vadim Abramov murabbiyligi ostidagi terma jamoasi kunning ikkinchi yarmida "Jar" stadionida mashg'ulot o'tkazdi.

Bugungi mashg'ulotlarda "Sharja" safida to'p tepayotgan futbolchimiz Otabek Shukurov ham qo'shildi.  Shunday qilib bugungi mashg'ulotlarda yig'inga chaqirilgan barcha futbolchilar shug'ullanishdi.  





 

Yig'inga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati: 

Darvozabonlar: Abduvohid Ne'matov ("Nasaf"), Javohir Ilyosov ("Lokomotiv")

Himoyachilar: Islomjon Qobilov ("Lokomotiv"), Ibrohimhalil Yo'ldoshev ("Paxtakor"), Murod Xolmuhammedov ("Qo'qon-1912"), Farruh Sayfiev ("Paxtakor"), Sanjar Qodirqulov ("Lokomotiv"), Islom To'xtaxo'jaev ("Qizilqum"), Azimjon Ahmedov ("Navbahor"), Anzur Ismoilov ("Paxtakor"), Iskandar Shaykulov ("So'g'diyona").

Yarim himoyachilar: Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Oybek Bozorov ("Nasaf"), Odiljon Hamrobekov ("Shabab Al Ahli", BAA), Otabek Shukurov ("Sharja", BAA), Jaloliddin Masharipov ("Shabab Al Ahli", BAA), Humoyunmirzo Iminov ("Paxtakor"), Sanjar Shoahmedov (AGMK), Sardor Rashidov ("Paxtakor"), Dostonbek Hamdamov ("Xatta", BAA), Oston O'runov ("Ufa", Rossiya), Javohir Qahramonov ("So'g'diyona"), Javohir Sidiqov ("Lokomotiv").

Hujumchilar: Eldor Shomurodov ("Jenoa", Italiya), Shahzodbek Ubaydullaev ("Shaxtyor Soligorsk", Belarus), Igor Sergeev ("Aktobe", Qozog'iston).


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi mart oyidagi FIFA kunlari doirasida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. 26 mart kuni Namanganda Gana B terma jamoasi mehmon bo'lsa, 29 mart kuni Toshkentda Iroqqa qarshi bahs bo'ladi. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia