O'zbekiston MTJ BAAga yetib bordi

Narzulla Saydullayev
18 fev 2020, 14:53
Jahon chempionati saralash o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi qishki yig'inlar o'tkazish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga yetib bordi.

Sharja shahri aeroportiga uchib kelgan milliy jamoamiz Dubaydagi “Holliday Inn” mehmonxonasiga joylashdi.

Eslatib o'tamiz, yig'in doirasida 23 fevral kuni O'zbekiston va Belarus terma jamoalari ishtirokida o'rtoqlik o'yinini o'tkazish rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia