O'zbekiston milliy terma jamoasi Dubaydagi mashg'ulotlarini boshladi

Alisher
11 yanv 2022
Milliy terma jamoa futbolchilari Dubaydagi yig'inga jo'nab kyetishdan oldin Olimpiya qo'mitasi huzuridagi Respublika fan va sport tibbiyoti markazida tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.

Tibbiy-jismoniy tekshiruvlar asosida dastur ishlab chiqildi. Unga ko'ra, Dubaydagi yig'inda har bir futbolchi individual mashg'ulot yuklamalari orqali tayyorgarlik olib bormoqda. Mutaxassislar futbolchilarning mashqlar va tiklanish jarayonini kuzatib borayapti. Shuningdek, mazkur yig'inda yaqinda jarohatidan forig' bo'lgan Doston Tursunov ham ishtirok etmoqda. U jarrohlik amaliyotidan keyingi tiklanish mashg'ulotlarini o'tkazmoqda.


AlisherMuallif
Manba: ufa.uz