O'zbekiston - KXDR uchrashuvi chiptasi 20 mingdan 100 ming so'mgacha

Narzulla Saydullayev
8 okt 2018, 11:56
O'zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyidagi FIFA kunlarida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

13 oktyabrda KXDR bilan, 16 oktyabr sanasida esa Qatar terma jamoasiga qarshi o'yin bo'lib o'tadi.

KXDRga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi uchun chiptalar sotuvi boshlandi. championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra chiptalar 20 ming so'mdan 100 ming so'mgacha sotiladi. SIP sektor uchun chiptalar 100 ming so'mdan qilib belgilangan.

Bahs 13 oktyabr kuni soat 19:00da "Milliy" stadionida boshlanadi. O'yinni bevosita o'yingohdan kuzatishni istagan muxlislar chiptalarni "Milliy" stadioni kassalaridan sotib olishlari mumkin.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia