O'zbekiston Kubogi finalida ishlagan VAR: "Fikrimcha, Resanning harakati qizil kartochka edi. Bu vaziyatda bosh hakam bilan fikrimiz ikki xil bo'ldi"

Sherzod Nurmatov
30 okt 2025, 17:34
"Paxtakor" hamda "Buxoro" o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi finalida faoliyat yuritgan Asker Najafaliev Bashar Resan bilan bog'liq vaziyatda bosh hakam bilan ikki xil fikrda bo'lganini ta'kidladi.

"O'zbekiston Kubogi finali faqat futbolchilar uchun final emas. Hakamlar uchun ham final. Nega uni xorijlik hakamga berishimiz kerak? To'g'ri biz doim ham ideal bo'lolmaymiz, lekin o'zimizning hakamlar ham finalda ishlashga loyiq.

Mening fikrimcha, Resanning harakati qizil kartochka edi. Bu vaziyatda bosh hakam bilan fikrimiz ikki xil bo'ldi.

Asker Najafaliev (Final VAR hakami): Buxoroning goli bekor qilingan vaziyatda 93-raqam oyindan tashqari holatda edi va u Paxtakorning 55-raqamli futbolchisi bilan top uchun kurashga kirdi. Futbol qoidalariga kora bu oyindan tashqari holat", – dedi Najafaliev.

Avvalroq O'zbekiston futbol hakamlari markazi direktori vazifasini bajaruvchi Mamur Saidqosimov hakamlar yig'ilishida Nayim Qosimovning Kubok finaliga tayinlangani bo'yicha tushuntirish bergandi. Undan avval esa final bosh hakami bahs-munozaralarga sabab bo'layotgan vaziyatga izoh bergan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia