O'zbekiston kubogi. "Dinamo" - "Sho'rtan" o'yini 27 avgust kuni o'tkaziladi

Alisher Ostonov
23 avg 2025
Samarqand shahridagi tadbirlar tufayli O'zbekiston kubogining ¼ finalidan o'rin olgan "Dinamo" - "Sho'rtan" o'yini 27 avgust kuni bo'lib o'tadi.

Bellashuv 18:30 da start oladi.

Shu kuni Toshkentda "Bunyodkor" - "Buxoro" uchrashuvi ham o'tkaziladi va u 19:00 da boshlanadi. Mazkur uchrashuv yakuniga yetishi bilan "Jar" stadionining o'zida O'zbekiston kubogining ½ final bosqichiga qur'a tashlanadi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: pfl.uz