O'zbekiston kubogi-2017. "So'g'diyona" dastlab Buxoroga boradi

Narzulla Saydullayev
19 may 2017
O'zbekiston kubogi 1/8 finalida So'g'diyona (Jizzax) – Buxoro (Buxoro) uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Qur'aga ko'ra 22 may kuni uchrashuv Jizzaxda bo'lishi kerak edi, javob o'yini esa 30 may kuni Buxoroda o'tishi lozim edi.

Jizzax shahrida Barkamol avlod-2017 musobaqalarining final bosqichi bo'lib o'tishi munosabati bilan bu jamoalar o'rtasidagi dastlabki o'yin 22 may kuni Buxoroda, javob uchrashuvi esa 30 mayda Jizzaxda o'tkaziladi.


O'zbekiston kubogi. 1/8 final
Dastlabki uchrashuv. 22 may

Buxoro (Buxoro) – So'g'diyona (Jizzax)

Javob uchrashuvi. 30 may
So'g'diyona (Jizzax) – Buxoro (Buxoro)


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz