O'zbekiston Kubogi 1/8 finaliga qachon qur'a tashlanadi?

Iskandarov Abdulaziz
7 may 2025, 17:36
O'zbekiston Kubogi o'zining qizg'in pallasiga kirib bormoqda.

21 may sanasida O'zbekiston kubogining guruh bosqichi o'yinlari yakuniga etadi. Sport principlariga amal qilingan holda guruhlardagi so'nggi tur bellashuvlari bir vaqtda start oladi. 

Iyun oyining ikkinchi yarmida 1/8 final o'yinlari o'tkaziladi. Mazkur bosqichga 23 may kuni qur'a tashlanadi. Jarayon jonli efirda namoyish etiladi. Shu kuni Superliga 11-turi Andijon - Surxon o'yini bilan start oladi. Rejaga ko'ra, qur'a aynan shu bellashuv oldidan o'tkaziladi. 

Ma'lumot uchun, guruhni peshqadam sifatida yakunlagan jamoa 1/8 finaldagi raqibini o'z maydonida qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: ЎзПФЛ матбуот хизмати