

Mazkur o'yinda futbolchilarimiz to'liq oq libosda, darvozabonimiz esa to'q sariq libosda harakatlanadi.
Uchrashuvni ekvadorlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam - Avgusto Aragon, unga qanotlarda hamyurtlari Rikardo Baren va Andres Guttierez yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa Yudi Nursahyaga (Indoneziya) topshirilgan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Ispaniya o'rtasidagi o'yin 16 noyabr soat 14:00 da start oladi.



